05-MAVZU

⚛️Anion komplekslar markazi

Anion komplekslarda markaziy metallning lotincha o'zagi asosida '-at' qo'shimchasi bilan nomlanishi (5.4-jadval)

📜Anion komplekslar uchun asosiy qoida

Agar kompleks ion anion (manfiy zaryadli) bo'lsa, markaziy metall nomiga "-at" qo'shimchasi qo'shiladi. Ko'plab metallar uchun lotincha nom ildiziga "-at" ulanadi (masalan, Ferrum → ferrat, Cuprum → kuprat).

Kation kompleks (O'zgarmaydi)[ ]⁺
[Cu(NH₃)₄]SO₄
tetraamminmis(II) sulfat

Kationda markaziy metall nomi (mis) o'zgarishsiz qoladi.

Anion kompleks ("-at" ulanadi)[ ]⁻
K₂[CuCl₄]
kaliy tetraxloridokuprat(II)

Anionda lotincha Cuprum ildiziga "-at" qo'shilib "kuprat" bo'ladi.