📋Metall karbonillarining tuzilish xususiyatlari
Metall karbonillari — metall atomining uglerod(II) oksidi (CO) molekulalari bilan hosil qilgan neytral birikmalaridir. Metallar nolinchi oksidlanish darajasida bo'lib, CO molekulasi uglerod orqali donor-akseptor (σ-bog') va metall d-orbitallaridan CO ning bo'sh π*-orbitallariga teskari datsiv (π-bog') hosil qiladi (Sinergetik bog'lanish).
Gomoleptik metall karbonillari
Metall karbonillari ro'yxati (18-elektron qoidasi)(6 ta)
🔍
| Formula | IUPAC nomi | Fazoviy geometriya | Agregat holati va xossalari |
|---|---|---|---|
| [Ni(CO)₄] | Tetrakarbonilnikel(0) | Tetraedr | Uchuvchan rangsiz suyuqlik (q.h. 43°C) |
| [Fe(CO)₅] | Pentakarboniltemir(0) | Trigonal bipiramida | Sariq suyuqlik (q.h. 103°C) |
| [Cr(CO)₆] | Geksakarbonilxrom(0) | Oktaedr | Rangsiz sublimatsiyalanuvchi kristall |
| [Mo(CO)₆] | Geksakarbonilmolibden(0) | Oktaedr | Oq kristall |
| [W(CO)₆] | Geksakarbonilvolfram(0) | Oktaedr | Oq kristall |
| [Co₂(CO)₈] | Oktakarbonildikobalt(0) | Ko'prikli (μ-CO) | To'q qizil qattiq modda (Gidroformillash katalizatori) |